MOVERA — Ichni yumshatuvchi va tozalovchi giyohli choy
MOVERA — bu ichni tabiiy ravishda yumshatadigan, ichakni muloyim tozalaydigan, o‘simliklardan tayyorlangan 100% tabiiy giyohli choydir. Uning tarkibidagi maxsus o‘simliklar uyg‘unligi organizmga zarar yetkazmagan holda ichni yumshatadi, ich qotishini bartaraf etadi va hazm tizimini yaxshilaydi.
🔬 Shifobiy xususiyatlari:
✅ Ichni yumshatadi va tozalaydi
Choy tarkibidagi Sano (Cassia angustifolia) tabiiy laksatif (ichni haydovchi) sifatida tanilgan bo‘lib, ichak peristaltikasini faollashtiradi va axlatning yengil chiqishiga yordam beradi.
✅ Yallig‘lanishga qarshi va antispazmatik ta’sir
Shirinmiya (Solodka) ichakdagi yallig‘lanishni kamaytiradi, spazmlarni yo‘qotadi va foydali mikroflorani himoya qiladi.
✅ Ichak shilliq qavatini himoya qiladi
Zigʻir urug‘i ichak ichida yupqa himoya qavati hosil qilib, tirnashni kamaytiradi. Shu bilan birga yumshatuvchi va o‘rab oluvchi ta’sir ko‘rsatadi.
✅ Qon tozalaydi va toksinlardan xalos etadi
Yantoq (Kolyuchka) organizmdan zararli moddalarni chiqarishga yordam beradi, o‘t haydovchi va siydik haydovchi xususiyatlari bilan mashhur.
✅ Qayta ich qotishining oldini oladi
Doimiy ravishda ich tozalanib turishi ichak faoliyatini me’yorlashtiradi, diskomfortni bartaraf etadi va ich qotishining takrorlanishiga to‘sqinlik qiladi.
🧾 Tarkibi:
Sano (Cassia angustifolia) — kuchli tabiiy laksatif
Zigʻir urug‘i (Len) — himoya qiluvchi va yumshatuvchi
Shirinmiya (Solodka) — yallig‘lanishga qarshi, shilliqni tiklovchi
Yantoq (Kolyuchka) — tozalovchi va o‘t haydovchi
☕ Qo‘llash usuli:
1 ta filtr paketni 200 ml qaynagan suvda 5–7 daqiqa damlab, kechqurun uyqudan oldin 1 mahal ichish tavsiya etiladi.